Bizning faoliyat

IsBF taklif qilayotgan xizmatlar

Salohiyatni kuchaytirish

Salohiyatni kuchaytirish yo‘nalishi bo‘yicha, asosan, 2 xil ko‘rinishda ish olib boradi: - Auditoriyada o‘tkaziladigan treninglar / Onlayn treninglar - E-o‘rganish/E-bilim berish Mazkur yo‘nalish moliya muassasalari, xususiy tarmoq vakillari, ta’lim muassasalari, jismoniy shaxslar, shu jumladan o‘qituvchi va talabalar uchun mo‘ljallangan.

Biznesni rivojlantirish

Biznesni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: - Loyihalarni moliyalashtirish va biznes hamkorlar topish - Islom moliya bozorlariga chiqish - Islom bank mahsulotlarini - tatbiq qilish Ushbu yo‘nalish moliya muassasalari, sarmoyadorlar, xususiy tarmoq vakillari, tadbirkorlar va jismoniy shaxslarga qaratilgan.

Shariatga muvofiqlik

Shariatga muvofiqlikni tekshirish yo‘nalishi quyidagi xizmatlarni o‘z ichiga oladi: - Biznes loyihalarning muvofiqligi - Korxonalar shariat nazorati va auditi - Huquqiy-me’yoriy muhitni shakllantirish va rivojlantirish Bu yo‘nalishda moliya muassasalari, sarmoyadorlar, xususiy tarmoq vakillari, tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun xizmatlar taklif etiladi.

IT & Islom moliyasi

Islom moliyasiga doir keng yoyishga hissa qo'shadigan Axborot texnoligiyalari (IT) mahsulotlarini qo'llab-quvvatlash. Jumladan,  - "Zakotim.uz" zakot hisoblash dastur / ilova / sayt yaratish; - Meros taqsimoti bo'yicha dastur / ilova / sayt tuzish; - va boshqalar.