blog image

O‘zbekistonda «Zakotim» onlayn dasturi ishlab chiqildi

2021 yil 11 may kuni Toshkentdagi Wyndham mehmonxonasida “Islamic Vusiness and Finance” kompaniyasi tomonidan “Zakotim” onlayn zakot hisoblash dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Dastur kompaniya mutaxassislari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent Islom instituti ustozlari ishtiroqida ishlab chiqilgan. Ushbu dastur-kalkulyator ustida Islom moliyasi kanalining hamasoschilari Xondamir Nusratxo‘jayev, Muzaffar Husniddinov va Jahongir Imomnazarovlar bir yildan ortiq vaqt mobaynida ish olib borishgan.