blog image

“Islom moliyasi va bankchiligining asosiy va amaliy jihatlari” mavzusiga bag‘ishlangan ikki kunlik intensiv onlayn trening

2020 yil 27-28 noyabr kunlari "Islamic business and Finance" kompaniyasi va AlHuda CIBE hamkorligida “Islom moliyasi va bankchiligining asosiy va amaliy jihatlari” mavzusiga bag‘ishlangan ikki kunlik intensiv onlayn treningni tashkil qilindi. 

Ushbu trening islom moliya muassasalari tomonidan eng ko‘p ishlatiladigan mahsulotlar bo‘yicha shaxsiy ko‘nikma va malakani shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Trening islom moliyasi yetuk mutaxassis va amaliyotchilari, jumladan,  "Islamic business and Finance" kompaniyasi direktori Jahongir Imomnazarov, kompaniya moliya menejeri Muzaffar Husniddinov va  AAOIFI Kengashi a’zosi Xondamir Nusratxo‘djayev tomonidan olib borildi. Ushbu kurs nafaqat bankirlar va moliya mutaxassislari uchun, balki biznes vakillari, tadbirkorlar va iqtisodiyot sohasiga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarining murabbiy ustozlari hamda boshqa barcha islom moliyasi va bankchiligi sohasiga qiziquvchilarni qamrab oldi.