IsBF – islom moliyasi sohasida xizmat ko‘satuvchi O‘zbekistondagi yetakchi konsalting tashkiloti. Korxona ta’sischilari islom moliyasi, bank faoliyati, moliya, buxgalteriya va audit sohalarida chuqur bilim va ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardir. Maqsadimiz – tijorat va moliya muassasalari, hamda aholi o‘rtasida islom moliyasi tamoyillarini ommalashtirish orqali mamlakatimizda iqtisodiyotning yangi yo‘nalishini shakllantirish. Niyatimiz – mintaqada islom moliyasi bo‘yicha xalqaro standartlar va ilg‘or tajribaga asoslangan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, zamonaviy mahsulot va xizmat turlari taklif qilish.